"Nasaf" Serbiya jamoasini yirik hisobda mag'lub etdi

Khoja
18 yanv 2026, 08:20
Kecha "Nasaf" jamoasi Turkiyadagi ikkinchi nazorat uchrashuvida Serbiyaning "Radnichki Nish"ga qarshi o'tkazdi.

Uchrashuv davomida vakillarimiz ishonchli va tashabbuskor o'yin namoyish etib, raqib ustidan 3:0 hisobida yirik g'alabaga erishdi. Uchrashuv Adenis Shala dubl qayd etgan bo'lsa, yana bitta golga Bahodir Xalilov mualliflik qildi.

“Nasaf” 3:0 "Radnichki Nish"

Gollar:

Adenis Shala (19) - 1:0

Bahodir Xalilov (21) - 2:0

Adenis Shala (72) - 3:0

“Nasaf”: Abduvohid Ne'matov, Alibek Davronov, G'olib G'aybullaev, Murodbek Rahmatov, Adenis Shala, Bobir Abdixoliqov, Sharof Muhitdinov, Oybek Rustamov, Bahodir Xalilov, Diyorbek Abdunazarov, Umarbek Eshmurodov.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Quvonch Xushvaqtov, Yashnar Berdirahmonov, Behro'z Haydarov, Darvon Usmonov.

"Nasaf" Turkiyadagi ilk nazorat uchrashuvida asosan yoshlar bilan maydonga tushgan bahsda Germaniyaning regional ligalari vakili "Zvikkau" jamoasiga 1:6 hisobida imkoniyatni boy bergandi.


KhojaMuallif
Manba: @fcnasaf