

Unda toshkentliklar 3:2 hisobida irodali g'alaba qayd etib, Qo'qonda 3 ochkoni qo'lga kiritdilar.
Qayd etish kerak, “Loko” 4 yarim yil deganda “Nasaf”ni mag'lub etdi. Jamoa so'nggi marta 2021 yilgi mavsum so'nggi turida Qarshidagi “Markaziy” o'yingohida 3:1 hisobida g'alabaga erishgandi. Umuman olganda, o'sha mavsumda birinchi davradagi o'yinda ham “temiryo'lchilar”ning g'alabasi kuzatilgan.
2021 yilgi mavsumdan keyin o'tkazilgan 4 o'yinning 3tasida “Nasaf” g'alaba qozongan va bittasida hisob ochilmagan. Ushbu o'yinlarda “Lokomotiv” gol urishga muvaffaq bo'lmagandi.



