MYU rahbariyati Markus Reshfordni "Barselona"ga ijaraga berganidan pushaymon

Khoja
19 fev 2026, 09:24
"Manchester Yunayted" rahbariyati hujumchi Markus Reshfordni "Barselona"ga 26 million funt sterlingga sotib olish bandi bilan ijaraga berganidan afsusdalanmoqda.

Bu haqda Mirror xabar bermoqda.  

Angliyalik joriy mavsum 34 ta o'yinda 10 gol urib, 13 golli uzatma berdi. Manbaga ko'ra, "qizil iblislar" rahbarlari futbolchining haqiqiy bahosi 50 milliondan ziyod deb hisoblamoqda. MYU rahbariyati imkoni bo'lsa, futbolchini ortga qaytarishni reja qilgan, biroq hujumchining o'zi Kataloniya jamoasida qolishni maqsad qilgan.


KhojaMuallif
Manba: Mirror