MLS. Messining super o'yini "Inter Mayami"ni yarim finalga olib chiqdi

Khoja
24 noya 2025
Bizning vaqt bilan tongda MLS pley-off bahslarining chorak final uchrashuvlari bo'lib o'tdi.

"Inter Mayami" mehmonda "Cincinnati" jamoasiga qarshi bahs olib bordi va 4:0 hisobidagi yirik g'alabani qo'lga kiritdi. Uchrashuvda Mateo Silvetti, Tadeo Allende (dubl) va Lionel Messi gol urishga erishishdi. Shuningdek, Messi ushbu bahsda uchta golga assistlik qilgan. 

Shu tariqa, "Inter Mayami" tarixda ilk bor MLS pley-offining yarim finaliga yo'l oldi.



KhojaMuallif
Manba: championat.asia