Messi gol urilmagan penaltilar soni bo'yicha Ronalduga yaqinlashib oldi

Sherzod Nurmatov
16 sen 2025, 16:22
"Inter Mayami" hujumchisi Lionel Messi dam olish kunlari "Sharlotta"ga qarshi MLS uchrashuvida penaltidan unumli foydalana olmadi.

Argentinalik futbolchi "panenka" uslubida zarba berdi. Bu argentinalik faoliyatida to'p kiritigmagan 32-penalti edi. Hammasi bo'lib Messi 145 ta penalti tepgan bo'lib, undan samara chiqarish koefficienti 77,93% ni tashkil qiladi.

Messining asosiy raqibi Krishtianu Ronaldu faoliyati davomida 210 marta 11 metrlik jarima zarbasini amalga oshirgan va 33 tasida gol urolmagan. Uning unumli foydalangan penaltilari koefficienti 84,29%.

Oxirgi marta Messi 2022 yilning dekabrida Polshaga qarshi Jahon chempionati bahsida penaltini aniq amalga oshira olmagan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sportskeeda