Mertens "Napoli" bilan shartnoma muddatini uzaytirishdan bosh tortdi

Оқил Абдубарноев
11 iyul 2022, 00:45
"Napoli" sport direktori Kristiano Jintoli hujumchi Dris Mertens klub bilan shartnomani uzaytirish taklifini rad etganini aytdi.

"Biz Mertensga 2,5 million evro maoshdan iborat shartnoma taklif qildik. Bu yaxshi taklif edi, lekin Dris buni rad etdi", - dedi Jintoli.

Eslatib o'tamiz, 35 yoshli futbolchi o'tgan mavsum "Napoli" safida 37 ta o'yinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 2 ta golga assistentlik qildi.

Hujumchining neapolliklar klubi bilan shartnomasi 2022 yilning 30 iyuniga qadar tuzilgandi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano