

Legioner forvard jamoadagi norasmiy debyutini ham o'tkazdi va 1 ta gol urdi. Biz undan yangi jamoasi haqidagi fikrlarini so'radik.
"Ilk taassurotlarim ajoyib, "Aral" yaxshi jamoa ekan. Jamoa yuqori ligaga chiqishni maqsad qilgan. Shunday ekan, barchasi a'lo darajada. Jamoaga kelishim tasodifan ro'y berdi, rahbariyat taklif bilan chiqdi. Yakunda muzokaralar olib bordik.
Klub menga, men ularga yordam berishni istayman. Rahbarlarimizga buning uchun minnatdorlik bildiraman. Jamoamiz ajoyib, murabbiylar va futbolchilar moslashishda ko'maklashmoqda. Ichki muhitimiz ahil. Murabbiy futbolchilar bilan ko'proq muloqot qiladi. Xodimlar o'z ishiga professional tarzda yondashadi.
Ha, debyut golimni urdim. Penaltidan bo'lsa-da, bu amalga oshganidan xursandman", – deydi Mark Krasnov.



