"Manchester Yunayted" Koul Palmerga qiziqish bildirmoqda

Alisher Ostonov
26 apr 2025, 12:20
"Manchester Yunayted"ga "Chelsi" yarim himoyachisi Koul Palmer qiziq.

"Qizil iblislar" angliyalik futbolchi transferga qo'yib yuborilsa, uni o'z safiga qo'shib olmoqchi. Ammo, "Manchester Yunayted"dagilar bunday o'tish ehtimoli kamligini tushunib turibdi, chunki "Chelsi" Palmerni raqibiga qo'yib yuborishni istamaydi.

Palmer joriy mavsum barcha musobaqalarda 39 ta o'yinda maydonga tushib, 14 ta gol va 9 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2033 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining bozor narxi 130 mln evroni tashkil etadi.


Alisher OstonovMuallif
Manba: TEAMtalk