Luis Suaresning "Inter Mayami" bilan shartnomasi tafsilotlari ma'lum

Omonjon To`xtamirzayev
22 dek 2023, 19:00
"Gremio" hujumchisi Luis Suares faoliyatini "Inter Mayami"da davom ettiradi.

Ma'lumotlarga ko'ra, forvard Amerika klubi bilan og'zaki kelishuvga erishgan va bugun qo'shma shtatlarga yetib borgan. Yaqin soatlarda tomonlar zarur hujjatlarni imzolashi kutilmoqda.

Suares "Inter Mayami" bilan 1+1 ko'rinishidagi shartnomaga imzo chekadi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Фабрицио Романо