Loris faoliyatini MLSda davom ettirishi mumkin

Оқил Абдубарноев
28 dek 2023
"Tottenxem" darvozaboni Ugo Loris "Los-Anjeles"ga o'tishga yaqin turibdi.

Manbaga ko'ra, 37 yoshli fransiyalik futbolchi yanvar oyida MLS jamoasiga o'tishi mumkin.

Loris 2012 yildan beri "Tottenxem"da o'ynab kelmoqda. Joriy mavsum darvozabon londonliklarning asosiy tarkibidagi o'rnini yo'qotdi. U oxirgi marta shu yilning aprel oyida maydonga tushgandi. Futbolchining "shporlar" bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano