Loftus-Chik finalda o'ynamaydi

Mirjalol Normatov
16 may 2019
"Chelsi" yarim himoyachisi Ruben Loftus-Chik "Nyu-Inglend Revolyushn" jamoasiga qarshi sinov-nazorat bahsida jarohatlandi.

"Express" nashri xabariga ko'ra, futbolchining to'piq qismi jiddiy jarohatlangan va u shu boisdan "Arsenal"ga qarshi kechadigan Yevropa ligasi finalini o'tkazib yuboradi.

Bu mavsumda 23 yoshli futbolchi 40 o'yinda 10 gol urdi va 5 bora samarali pas oshirdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Express