"Liverpul" Muhammad Salohga potencial o'rinbosar topdi - Bild

"Liverpul" mavsum oxirida klubni tark etadigan Muhammad Salohga o'rinbosar nomzodlardan birini aniqladi.

Mersisaydliklarning diqqat markaziga 20 yoshli "Xoffenxaym" vingeri Bazuman Ture tushdi. Bu haqda Bild xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, ingliz klubi skautlari 31 martda Shotlandiya va Kot-d’Ivuar milliy jamoalari o'rtasidagi o'yinga borishgan, unda ivuariyalik 90 daqiqa to'liq o'ynagan. "Liverpul"dan tashqari, yosh futbolchiga "Aston Villa" ham qiziqmoqda.

Joriy Bundesliga mavsumida Ture 24 o'yin o'tkazib, 2 ta gol urdi va 8 ta golli uzatma berdi, "Xoffenxaym"ning eng yaxshi assistenti bo'lib turibdi. Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 40 million evro.


Manba: Bild