

"Express" xabariga ko'ra, "qizillar" 32 yoshli himoyachi bilan qishda shartnoma imzolamoqchi. Biroq uning transferiga mablag' ajratish niyatida emas. "Liverpul" ayni damda Virjil van Deyk hamda Jo Gomesning o'rniga himoyachi izlash bilan band. "Arsenal" esa gretsiyalikni APLga ham Yevropa ligasi qaydnomasiga ham kiritmadi.
Papastatopulos bir vaqtlar Klopp bilan birga Dortmundning "Borussiya"sida birga faoliyat olib borgandi.



