"Liverpul" Amrabat transferiga yaqin

Sherzod Nurmatov
17 avg 2023, 14:23
"Liverpul" "Fiorentina" bilan Sofyan Amrabat transferi bo'yicha muzokaralarning so'nggi bosqichida.

Bu haqda AD.nl xabar berdi.

Marokashlik futbolchining transferi "qizillar"ga 35 million evroga tushadi. Bu moliyaviy jihatdan avval aytilganidan ko'ra ancha foydaliroq.

Sofyan Amrabat so'nggi uch mavsumni "Fiorentina"da o'tkazdi. 26 yoshli marokashlik JCH-2022dagi harakatlari bilan esda qoldi. U maydon markazidagi ish hajmi bilan tomoshabinlarni hayratga soldi. Ayni paytda "Liverpul"ga aynan shunday tayanch yarim himoyachisi kerak.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ad.nl