

Bu haqda "La Gazzetta dello Sport" xabar berdi.
Manbaning xabar berishicha, 28 yoshli argentinalik 3 may kuni Italiya chempionati doirasidagi "Parma"ga qarshi o'yinda maydonga tusha oladi.
Biroq futbolchi may oyi o'rtalarida bo'lib o'tadigan Italiya Kubogi finali va JCH-2026 oldidan holati yomonlashishi xavfidan cho'chib turibdi.
Martines 2025/26 yilgi mavsum 36 o'yinda 20 ta gol urdi va 4 ta golga assistentlik qildi. Avvalroq u boldirining orqa qismi cho'zilishi va kichik boldir suyagidagi muammolar tufayli o'yinlarni o'tkazib yuborgan edi.



