Lautaro Martines "Barselona"ni kuchaytirishi mumkin

Alisher Ostonov
13 dek 2025
28 yoshli hujumchi Lautaro Martines faoliyatini "Barselona"da davom ettirishi mumkin.

28 yoshli hujumchi Lautaro Martines faoliyatini "Barselona"da davom ettirishi mumkin.


Manbalarga ko'ra, argentinalik futbolchi Robert Levandovskining uzoq muddatli o'rinbosari bo'lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda. Polshalik hujumchi mavsum yakunlangach kataloniyaliklarni tark etishi ehtimoli yuqori.


Martines 2018 yildan beri "Inter"da o'ynamoqda. Hujumchi bu mavsumda klub safida 19 ta o'yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Alisher OstonovMuallif
Manba: El Nacional