Ozarbayjon chempionati. Umarali Rahmonaliev zaxiraga olingach, "Sabah" g'alabani qo'ldan chiqardi

Omonjon To`xtamirzayev
31 yanv 2025
Ozarbayjon chempionati 21-turi doirasida Umarali Rahmonaliev harakat qilayotgan "Sabah" klubi safarda "Kyapaz" bilan kuch sinashdi.

Hamyurtimiz uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi.

55-daqiqada Umarali maydondagi o'rnini Seyidovga bo'shatib berdi. 

O'yin davomida hisobda oldinda borganiga qaramay, "Sabah" imkoniyatni boy berdi. Hamyurtimizning jamoasi 21-turdan keyin 28 ochko bilan 5-pog'onani band etib turibdi.


Ozarbayjon chempionati
21-tur
"Kyapaz" - "Sabah" 3:2 
Gollar: M.Ba (1:1), Ali Samadov (2:2), Rauf Guseynli (3:2) - Pavol Shafranko (0:1), Jessi Sekidika (1:2)
Chetlatish: Igor Nogeyra (63`)




Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia