Konte o't pufagidagi operaciyadan so'ng muxlislarga murojaat qildi

Sherzod Nurmatov
2 fev 2023, 10:44
Londonning "Tottenxem" klubi bosh murabbiyi Antonio Konte o't pufagini olib tashlash bo'yicha muvaffaqiyatli operaciya qilindi.

Italiyalik mutaxassis biroz vaqt ko'rinish bermasligini aytgan holda muxlislarga murojaat qilib chiqdi.

"Ajoyib xabarlaringiz uchun rahmat. Operaciyam yaxshi o'tdi va o'zimni yaxshi his qilyapman. Endi o'zimga kelishim kerak. Jamoa bilan birga ishlashni intizorlik bilan kutaman!", – dedi Konte.

"Tottenxem" 21 turdan keyin 36 ochko bilan Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida 5-o'rinda bormoqda. "Shporlar" navbatdagi o'yinda "Manchester Siti"ga qarshi o'ynaydi. Bahs 5 fevral kuni Londonda bo'lib o'tadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Football London