KONKAKAF chempioni ma'lum

Aslanov Jasurbek
7 iyun 2021
KONKAKAF Millatlar Ligasi finalida AQSH terma jamoasi Meksika terma jamoasi bilan to'qnash keldi. Uchrashuv Denver (AQSH)dagi "Empauer Fild et Mayl Xay" stadionida bo'lib o'tdi va uchrashuv AQSHning 3:2 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.

Uchrashuvning ilk daqiqasidayoq Meksika terma jamoasi hujumchisi Xesus Korona hisobni ochdi. 27-daqiqada AQSH terma jamoasi yarim himoyachisi Jovanni Reyna muvozanatni tikladi. O'yinning 79-daqiqasida yarim himoyachi Diego Leyva yana meksikaliklarni oldinga olib chiqdi. Oradan uch daqiqa o'tar-o'tmas AQSH yarim himoyachisi Ueston Makkenni tarozi pallalarini tenglashtirdi. Qo'shimcha daqiqalarda esa amerikaliklar yarim himoyachisi Kristian Pulishich penaltidan g'alaba to'pini kiritdi.

Shu tariqa AQSH terma jamoasi KONKAKAF Millatlar Ligasi g'olibiga aylandi. Uchinchi o'rin uchun kegan bahsda Gonduras terma jamoasi Kosta-Rikani penaltilar seriyasida dog'da qoldirdi (asosiy vaqtda 2:2, penaltilar seriyasida - 5:4).


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: