

Karlo Anchelottining o'g'li "Botafogo"ni boshqaradigan bo'ldi. Bugun Braziliya klubi Davide Anchelottini bosh murabbiy lavozimiga tayinlaganini rasman e'lon qildi. 35 yoshli mutaxassis bilan tuzilgan shartnoma 2026 yil oxirigacha mo'ljallangan.
Xabar qilinishicha, Davide otasi Karlo Anchelotti boshchiligidagi Braziliya terma jamoasidagi yordamchi murabbiy lavozimini tark etadi.




