Karim Benzema "Yuventus"ga o'tishi mumkin

Alisher Ostonov
1 fev 2026
"Al Ittihod" hujumchisi Karim Benzema Yevropaga qaytishi mumkin.

Fransiyalik futbolchini "Yuventus" o'z safiga qo'shib olmoqchi. Ehtimoliy transferga yagona to'siq hujumchining yuqori maoshi bo'lishi mumkin. Ammo u maoshini kamaytirishga rozi bo'lsa, turinliklar transferni rasmiylashtirishga tayyor bo'ladi.

Benzemaning "Al Ittihod" bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning 30 iyuniga qadar imzolangan. Hujumchi yangi bitim imzolamoqchi emas.


Alisher OstonovMuallif
Manba: Tuttosport