

Manbaga ko'ra, "hakkalar"ning saudiya arabistonilik egalari portugaliyalik murabbiyni qadrlaydi va hozirgi murabbiy Eddi Xau jamoani tark etsa, u bilan hamkorlik qilishni xohlaydi. Qatarning "Al Sadd" jamoasi bosh murabbiyi Roberto Manchini ham ingliz klubining short-listiga kiritilgan. Joriy mavsum oxirida "Bornmut"ni tark etadigan Andoni Iraola ham Tayn-end-Uir grafligi jamoasi uchun potencial murabbiy sifatida ko'rib chiqilmoqda.
"Nyukasl" ayni paytda APL jadvalida 42 ochko bilan 14-o'rinda bormoqda.



