"Istiqlol" - yil stadioni!

Sherzod Nurmatov
22 noya 2025
"Istiqlol" stadionining maysasi bu yil yozning jazirama chillasidan ajoyib holatda chiqdi.

Ikkinchi davra avvalidagi uchrashuvlarda maysa ideal ko'rinishda edi. Yuqoridagi holat Superligada maydonlarida har yili kuzatiladigan dolzarb muammo hisoblanadi, farg'onaliklar esa maysaga etarli e'tibor berilsa, uni jazirama issiqda ham yaxshi saqlasa bo'lishini isbotlashdi. 

Shuningdek, bugunga qadar mavsum davomida arenaga 165077 nafar (o'rtacha 11791 nafar) muxlis tashrif buyurdi va bu Superliga stadionlari ichida eng yuqori ko'rsatkich hisoblanadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia