Superliga. O'zbek "El Klassiko"sida "Paxtakor" "Neftchi"ni mag'lub etdi

Sherzod Nurmatov
9 apr 2026
Superliga 6-turidan o'rin olgan “Neftchi” - “Paxtakor" markaziy uchrashuvi yakunlandi.

Superliga

6-tur

“Neftchi” - “Paxtakor” 0:1

Gol: 22 - Dostonbek Hamdamov

Bosh hakam: Ilgiz Tantashev

Ërdamchi hakamlar: Andrey Sapenko, Timur Gaynullin

Zaxira hakami: Asadbek Qosimjonov

VAR: Asker Najafaliev

AVAR: Ruslan Serazitdinov

Nazoratchi: Marat Ismailov

Komissar: Diyor Xotamqulov

"Neftchi": 1.Botirali Ergashev, 4.Boyan Ciger, 6.Ibrohimhalil Yo'ldoshev, 7.Abror Ismoilov (32.Zoran Marushich, 73), 10.Jamshid Iskanderov (11.Asilbek Jumaev,73), 18.Stipe Perica, 20.Anvar G'ofurov, 21.Muhsin Ubaydullaev, 22.Alisher Odilov (9.Xurshid G'iyosov,73), 23.Yovan Jokich, 77.Ratino (8.Vladimir Yovovich,62).

Zaxira: 16.Ibrohim Shokirov, 2.Izzatillo Po'latov, 14.Daler Tuxsanov, 30.Rustambek Fomin, 34.Farruh Sayfiev.

"Paxtakor": 35.Sanjar Quvvatov, 5.Muhammadqodir Hamraliev, 7.Hojiakbar Alijonov, 10.Akmal Mozgovoy, 14.Rustam Turdimurodov (19.Pyotr Pajishek,74), 17.Dostonbek Hamdamov (21.Bashar Resan, 46), 23.Abdurauf Bo'riev, 27.Sardor Sobirxo'jaev (3.Shahzod Azmiddinov,78), 34.Sherzod Nasrullaev, 50.Flamarion (11.Hojimat Erkinov,90), 55.Muhammadrasul Abdumajidov.

Zaxira: 12.Vladimir Nazarov, 8.Dilshod Saitov, 9.Ibrohim Ibragimov, 20.Dilshod Abdullaev, 77.Oybek Bozorov.

🟨 Ogohlantirish: 3 -Hojiakbar Alijonov, 7 - Ratino, 60 - Rustam Turdimurodov, 78 - Sanjar Quvvatov, 84 - Vladimir Yovovich, 90+5 - Bashar Resan

MATNLI TRANSLACIYA

Uchrashuv yakunlandi

🟨 90+5. Bashar Resan ogohlantirildi

90. Hakam ikkinchi bo'limdagi to'xtalishlar uchun 7 daqiqa qo'shib berdi

89. Flamarion maydoni tark etdi, uning o'rniga Erkinov maydonga tushdi

🟨 84. Mozgovoyga qarshi qo'pol o'ynagan Yovovich ogohlantirildi

84. Farg'onaliklarning hujumlari xavfli bo'lmoqda. Yo'ldoshevning zarbasiga aniqlik yetishmadi

🟨 78. Quvvatov vaqt cho'zgani uchun ogohlantirildi

78. Azmiddinov maydonga tushdi, u Sobirxo'jaevni alishtirdi

78. Marushichning uzoqdan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi

76. Alijonov xavfli hujumni qaytardi

74. Turdimurodov maydoni tark etdi, uning o'rniga Pyotr Pajishek maydonga tushdi

73. Marushich, Jumaev va G'iyosov maydonga tushdi, ular Odilov, Iskanderov va Ismoilovni alishtirishdi

69. Jokichning uzoqdan yo'llagan zarbasiga aniqlik yetishmadi

64. G'ofurovning boshi bilan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi

🟨 60. Turdimurodov to'pni tepib yuborgani uchun ogohlantirildi

59. Sobirxo'jaevning zarbasi noaniq ketdi

56. Ikkinchi bo'lim birinchisidan ko'ra zerikarli o'tmoqda

47. Flamarionning zarbasiga aniqlik yetishmadi

46. Bashar Resan maydonga tushdi. U Doston Hamdamovning o'rniga maydonga tushdi

Ikkinchi bo'lim boshlandi

Birinchi bo'lim yakunlandi. Qiziqarli kechgan 45 daqiqadan so'ng hozircha "sherlar" 1:0 hisobida g'alaba qozonmoqda

45+3. Hamdamovning super uzatmasidan so'ng Turdimurodov darvozabon bilan birga bir chiqdi. Biroq Rustamning zarbasini Ergashev bartaraf etmoqda

45+1. Quvvat darvozada ishonchli harakat qilmoqda

45. Hakam birinchi bo'limdagi to'xtalish uchun 5 daqiqa qo'shib berdi

45. Yana Ratino zarba yo'lladi, bu safar mezbonlarning legionerining zarbasi noaniq ketdi

33. Ratinoning uzoqdan yo'llagan kuchli zarbasini darvozabon qiyinchilik bilan qaytardi

30. Hamdamovning uzoqdan yo'llgan zarbasi noaniq ketdi

28. Goldan so'ng mezbonlar hujumlar sonini oshirshdi. Yo'ldoshevning zarbasi xavfli chiqdi

23. Mezbonlar tezkor javob qaytarishlari mumkin edi, biroq Stipe Perica to'pga yetib kela olmadi

IMG_20260409_194241.jpg

22. GOOOL. Hamdamov "Neftchi"ning himoyasidagi pala-partishlikdan unumli foydalandi

18. "Sherlar"da ajoyib imkoniyat bo'ldi. Biroq Sobirxo'jaev juda qulay imkoniyadan foydalana olmadi.

12. Turdimurodovning zarbasi noaniq ketdi

10. Mehmonlar uchrashuvdagi ilk hujumini amalga oshirdi, biroq raqib himoyasi o'z o'rnida

🟨 7. Tantashev VAR manitorida o'zi vaziyatni ko'rdi va Ratinoga sariq berishga qaror qildi

6. Hakam ehtimoliy qizilni ko'rmoqda. Mezbonlar dastlabki daqiqalardayoq bir kishi kam bo'lib qolishlari mumkin

5. Jamshid Iskanderov to'pni to'xtamasdan zarba yo'lladi, biroq Jamshidning zarbasi noaniq ketdi

🟨 3 Ogohlantirish: Alijonov hakam tomonidan ogohlantirildi

1. Uchrashuv boshlandi!


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia