

Mezbonlar safida yarim himoyachi Abbos Fayzullaev (63-daqiqada almashtirildi) va hujumchi Eldor Shomurodov o'yinni asosiy tarkibda boshladi. Mehmonlar o'yinchisi Husniddin Aliqulov jarohat sabab o'yinni o'tkazib yubordi. Bahs 2:2 hisobida yakunlandi, quvonarlisi Eldor Shomurodov o'yindagi dastlabki golni urdi.
"Bashakshexir" 20-turdan so'ng 30 ochko bilan 6, "Rizespor" esa 20 ochko bilan 11-o'rinda joylashgan.





