Turkiya Superligasi. "Istanbul Bashakshexir" o'z uyida "Kayserispor"ni mag'lub etolmadi, Shomurodov 70 daqiqa o'ynadi

Alisher Ostonov
18 avg 2025
Turkiya Superligasi 2-tur doirasidagi "Istanbul Bashakshexir" - "Kayserispor" o'yini bo'lib o'tdi.

Bahs durang bilan yakunlandi. Ivan Brnich (41) mezbonlarni oldinga olib chiqqan bo'lsa, mehmonlar esa bunga 68-daqiqada Migel Kardozoning goli bilan javob berishdi.

Istanbulliklarning o'zbekistonlik hujumchisi Eldor Shomurodov o'yinni asosiy tarkibda va 70-daqiqada zaxiraga olindi. Transfer to'lovi bilan muammolar bo'layotgan yarim himoyachi Abbos Fayzullaev qaydnomaga kiritilmadi.





Alisher OstonovMuallif
Manba: championat.asia