Ibragimovich: "MYU veteranlari doimo norozi, chunki endi ular klubda emas"

Aslanov Jasurbek
19 mar 2019, 11:10
"Manchester Yunayted" sobiq hujumchisi Zlatan Ibragimovich jamoani ko'p tanqid qiladigan klubning 90 yillardagi futbolchilari haqida fikr bildirdi.

Hammadan ko'proq Gari Nevill va Pol Skoulz mankunianlarni "o'qqa tutadi".

"Sobiq futbolchilar televideniyada ishlashadi va doimo etiroz bildirishadi, chunki endi ular klubda emas. Ammo u yerda bo'lishni istasangiz, borib o'zingizga klubdan ish toping.

TV ekranida doimo etiroz bildirib, tanqid qilish to'g'ri emas" - deydi Ibragimovich.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mirror