Gvardiola: "Lyov Kimmixga e'tibor berishi kerak"

Aslanov Jasurbek
30 sen 2015, 17:12
"Bavariya" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Zagrebning "Dinamo"siga qarshi o'yindan so'ng jamoa yarim himoyachisi Joshua Kimmix nomiga iliq so'zlar aytdi.

"Germaniya terma jamoasi ustozi Yoaxim Lyovda yangi tanlov bor. Ertami kechmi u milliy jamoa futbolchisiga aylanadi. Kimmix ajoyib futbol ko'rsatdi. Unda futbolchiga kerakli bo'lgan deyarli hamma narsa bor. Bu "Bavariya" uchun yaxshi xarid" - deydi Gvardiola.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com