Geynrix "Irtish"ga qarshi o'yinda ikkita gol urdi

Aslanov Jasurbek
11 sen 2016, 19:50
Ayni paytda Qozog'iston chempionatining 26-turidan o'rin olgan "Irtish" - "Ordabasi" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Uchrashuvning birinchi bo'limida mehmonlar safida hamyurtimiz Aleksandr Geynrix dublga erishdi. Sasha 42-daqiqada penaltidan unumli foydalangan va oradan 3 daqiqa o'tgach o'yindan to'p kiritdi.

Ikkinchi bo'limda mezbonlar bunga faqat bir marta javob berishdi - 1:2.


Qozog'iston chempionati. Musobaqa jadvali

"Irtish" - "Ordabasi" 1:2

Gollar: Roman Murtazaev 70 - Aleksandr Geynrix 42 penalti, 45.

"Irtish": Anton Cirin, Pirali Aliev, Eldos Axmetov, Ruslan Esimov, Semir Kerpa, Georgas Freydgeymas, Tomash Yirsak, Fonseka Fernandes, Vitaliy Li, Roman Murtazaev, Ignasio Errera

"Ordabasi": Almat Bekbaev, Renat Abdulin, Aleksandr Simchevich, Branislav Traykovich, Aleksandr Geynrix, Gogita Gogua, Abdullai Diakate, Samat Smakov, Mardon Tolebek, Erkebulan Tungyshbaev, Filipp Kasalica


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia