Futbolda ring nafasi: Maykl Baffer Klublar o'rtasidagi JCHga taklif etildi

Sherzod Nurmatov
8 iyul 2025, 18:31
Maykl Baffer Klublar o'rtasidagi Jahon chempionatida hal qiluvchi o'yinlarda maydonga tushadigan futbolchilarni e'lon qiladi.

Mashhur ring-anonser Maykl Baffer Klublar o'rtasidagi mundialning yarim finallari va finalida maydonga tushadigan futbolchilarni e'lon qiladi. 

Bu haqda "Daily Mail" jurnalisti Kiran Gil xabar berdi. 

Bugun bo'lib o'tadigan birinchi yarim finalda Angliyaning "Chelsi" va Braziliyaning "Fluminense" klublari, ertaga esa ikkinchi yarim finalda Fransiyaning PSJ hamda Ispaniyaning "Real" jamoalari o'zaro bahs olib boradi. Musobaqa finali 13 iyul kuni bo'lib o'tadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sports Illustrated