Fonseka "Milan"ning keyingi mavsumdagi maqsadini aytdi

Sherzod Nurmatov
7 avg 2024, 19:39
"Rossoneri" o'z oldiga katta maqsadlar qo'ydi.

"Milan" bosh murabbiyi Paulu Fonseka jamoaning kelasi mavsumdagi maqsadi haqida ma'lumot berdi.

"Milan"ning yangi mavsumdagi maqsadi – skudettoni qo'lga kiritish", – dedi mutaxassis.

"Rossoneri" o'tgan mavsumni A Seriyada 2-o'rinda yakunladi. "Qizil-qoralar" oxirgi marta 2022 yilda Italiya chempioni bo'lgan.

"Milan" yangi mavsumdagi ilk uchrashuvini 17 avgust kuni "Torino"ga qarshi o'tkazadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira