"Milan" Chempionlar ligasining ikki yarim finalchisini o'z safiga qo'shish ustida ishlamoqda

26 apr 2026, 14:57
"Bavariya" yarim himoyachisi Leon Gorecka va "Atletiko" hujumchisi Aleksandr Serlot faoliyatini "Milan"da davom ettirishi mumkin.

Ikkala futbolchi ham yozgi transfer oynasida “rossonerilar” maqsadlari qatorida bir necha bor tilga olingan. A Seriyaning grand klubi allaqachon 31 yoshli nemis va 30 yoshli norvegiyalik futbolchini o'z safiga qo'shish ustida ishlamoqda.

Leon Gorecka erkin agent sifatida mavjud bo'ladi - "Bavariya" uning muddati tugayotgan shartnomasini uzaytirmaydi. Aleksandr Serlotning "matraschilar" bilan kelishuvi 2028 yilgacha mo'ljallangan bo'lib, uning Transfermarkt portalidagi narxi 20 million evroni tashkil etadi.

Eslatib o'tamiz, "Bavariya" va "Atletiko" Chempionlar ligasi yarim finaliga chiqdi va u yerda mos ravishda PSJ va "Arsenal"ga qarshi o'ynaydi.


Manba: La Gazzetta dello Sport