FFF brend hamkori: "Muxlislar Mbappeni yoqtirishmaydi"

Aslanov Jasurbek
14 okt 2024, 22:27
Fransiya terma jamoasi ishqibozlariga Kilian Mbappe yoqmaydi.

Bu fikrni nomi oshkor qilinmagan Fransiya futbol federatsiyasi (FFF) brend hamkori bildirdi.

Aytilishicha, omma Kilian Mbappeni sentyabr oxirida Fransiya terma jamoasini tark etgan Antuan Grizmanndek yaxshi ko'rmaydi.

"Grizmanning kyetishi - yo'qotish, chunki muxlislar uni juda yaxshi ko'rishar edi.

Mbappega to'xtaladigan bo'lsak, uni yoqtirmay qo'yishdi. U odamlarni birlashtirmaydi. Buni atrofimizdagi voqealarga qarab aytyapmiz" - deydi FFF brend hamkori.

Ma'lumotlarga ko'ra, kelajakda FFFning merchandayzingdagi asosiy figuralari Orelen Chuameni, Bredli Barkolya va Usmon Dembele bo'lishi mumkin.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: L’Equipe