"Everton" yaponiyalik yarim himoyachini sotib olmoqchi

Sherzod Nurmatov
6 okt 2025, 16:39
"Football Insider" xabariga ko'ra, "Everton" "Seltik" yarim himoyachisi Daidzen Maeda bilan shartnoma imzolamoqchi.

Manbaga ko'ra, 27 yoshli yaponiyalik futbolchi APLda o'ynashni xohlaydi. Biroq transfer 2026 yilning yozida amalga oshishi mumkin, chunki "Seltik" uni mavsum o'rtasida sotishni rejalashtirmayapti.

Maeda 2025/26 yilgi mavsum barcha musobaqalarda 13 uchrashuvda 3 ta gol urdi va 2 ta golli pas uzatdi. Uning Shotlandiya klubi bilan shartnomasi 2027 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.

Transfermarkt uning transfer qiymatini 15 million evroga baholamoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Football Insider