"Everton" Jek Grilish bo'yicha qaror qabul qildi

"Everton" yozda Jek Grilishni "Manchester Siti"dan ijaraga oldi.

Klublar shartnomada 50 million evro miqdorida to'lov belgilagan.

Manbaning yozishicha, “ko'klar” futbolchining kelajagi bo'yicha o'z poziciyasini belgilab olgan. Mersisaydliklar sotib olish imkoniyatini faollashtirmaydi. Ammo, "Everton" "Manchester Siti" bilan Grilishning klubda qolishi bo'yicha kelishuvga erisha olishiga ishonchi komil.

Ushbu mavsumda Jek Grilish "Everton" safida 22 ta o'yin o'tkazdi. Ularda qanot hujumchisi ikkita gol urdi va oltita golli uzatmani amalga oshirdi.


Manba: theathletic.com