

Eronning "Zob Ahan" klubi a'zosi, "Navbahor" sobiq yarim himoyachisi Ehsoni Panshanbe faoliyatini yana O'zbekistonda davom ettirish mumkin. Unga Farg'onaning "Neftchi" klubi qiziqish bildirmoqda.
23 yoshli xavbek "Zob Ahan" safida Eron Pro ligasi joriy mavsumida 5 ta o'yinda harakat qildi. Uning jamoasi ayni paytda chempionatda to'qqizinchi pog'onadan joy olgan.
Ma'lumot uchun, "Neftchi" o'tgan mavsumni 32 ochko bilan to'qqizinchi o'rinda yakunladi.



