Ergashev "Navbahor" bilan xayrlashdi

Sherzod Nurmatov
26 dek 2025
Namanganliklar darvozaboni Umid Ergashev jamoadan ketganini ma'lum qildi.

"Qadrli "Navbahor" klubi a'zolari va muxlislari, 2025 yilni sizlar bilan o'tkazganimdan xursandman. Qaytarilmas xotiralarni taqdim etganingiz uchun minnatdorman. "Navbahor" kelasi mavsumda yuqori natijalarga erishishiga tilakdoshman. Hammasi uchun rahmat!", – dedi Ergashev.

26 yoshli posbon yakunlangan mavsum "lochinlar" tarkibida 13 o'yinda qatnashib, 17 ta gol o'tkazdi va 4 bahsda darvozani "quruq" saqladi.

Avvalroq Ergashev faoliyatini OKMKda davom ettirishi aniq bo'lgan edi. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia