David Silva chap tizza xochsimon mushagini shikastlab oldi

Omonjon To`xtamirzayev
21 iyul 2023, 16:11
"Real Sosedad" matbuot xizmati jamoa yarim himoyachisi David Silva jarohat olganini ma'lum qildi.

San-Sebastyan jamoasi matbuot xizmati xabariga ko'ra, futbol kecha bo'lib o'tgan mashg'ulotda chap tizzasidagi og'riqlar tufayli qatnasha olmagan. MRT natijalariga ko'ra, xavbek chap tizza xochsimon oldi mushaklarini shikastlab olgan.

Eslatib o'tamiz, David Silva 2020 yildan beri "Real Sosedad"da o'ynab kelmoqda. May oyi boshida u 2024 yil yoziga qadar mo'ljallangan shartnoma imzolagandi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: realsociedad.eus