

"Men hafsalam pir bo'ldi. Biz yaxshi o'yin ko'rsatdik va ko'plab vaziyatlar yaratdik, lekin natija maydondagi o'yinga mos kelmadi. Bazan hamma narsani to'g'ri qilasan, lekin doim ham sen tomonda bo'lmas ekan. Himoyada ishonchliroq o'ynash kerak bo'lgan vaziyatlar bo'ldi, ammo oqibatda bu futbol va men jamoaning bugungi harakatidan mamnunman", - deya Flikning so'zlarini Marca nashri keltiradi.
"Barselona" 20 turdan so'ng 49 ochko to'plab, La Liga turnir jadvalida birinchi o'rinni egallab turibdi. "Real Sosedad" esa 24 ochko bilan 9-o'rinda joylashgan.



