Danjuma Premer-ligaga qaytishga yaqin

Sherzod Nurmatov
16 yanv 2023, 18:39
"Vilyarreal" futbolchisi Arno Danjuma Angliya Premer-ligasiga qaytishi mumkin.

Niderlandiya terma jamoasi futbolchisi Ispaniya klubining ruxsati bilan uning xizmatlaridan foydalanishni niyat qilayotgan bir qator klublar bilan muzokara oli borish uchun Londonda bo'lib turibdi.

25 yoshli forvard bilan bitim tuzish istagida bo'lgan jamoalar orasida "Everton", "Nottingem Forest", "Bornmut" va bir paytlar "Vilyarreal"da unga ustozlik qilgan Unai Emeri boshqaruvida bo'lgan "Aston Villa" jamoalari mavjud. 

2021 yilning yozida 23,5 mln evro mablag' evaziga "Bornmut"dan Ispaniyaga ko'chib o'tgan hujumchi undan kutilganidek o'yin namoyish eta olmadi. 

Joriy mavsumda 17 ta o'yinda maydonga tushib 6 ta gol urgan Danjumaga "Everton" butunlay sotib olish imkoniyati bilan rasman ijara shartnomasi taklif etgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ESPN