"Chelsi"ni ushbu mavsum yakuniga qadar boshqa murabbiy boshqarishi mumkin

Mirjalol Normatov
15 yanv 2021, 22:34
"Chelsi"ning sobiq bosh murabbiyi Avraam Grant yana bir bor London jamoasi boshqaruvini qo'liga olishi mumkin.

"Bild" xabariga ko'ra, "ko'klar" rahbariyati Lempardning iste'fosidan keyin aynan isroillik mutaxassisning nomzodini ham ko'rib chiqmoqda. U ushbu mavsum yakuniga qadar jamoani boshqarib turadi va kelasi mavsumda jamoaga to'laqonli bosh murabbiy tayinlanadi.

"Chelsi" APLning so'nggi 6 o'yinida atigi 1 marta g'alabaga erishdi va liga turnir jadvalining 9-pog'onasini egallab turibdi. Grant 2007/08 yilgi mavsumda "Chelsi"ni boshqargan va o'shanda jamoa 2-o'rinda mavsumni yakunlagandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Bild