

Premer liga klubi yanvardagi transferlar oynasi yopilgunicha o'z mudofaasini yanada kuchaytirish va Ris Jeymsning jarohati tufayli yuzaga kelgan bo'shliqni to'ldirishga harakat qiladi. Shu maqsadda “ko'klar” francuz klubiga 19 yoshli “uch ranglilar” yoshlar termasi o'ng qanot himoyachisini xarid qilish borasida rasmiy taklif bilan chiqishlari kutilmoqda.
Malo Gyusto joriy mavsumda “Lion” safida 15 ta o'yinda 1 ta asist qayd etdi. Uning hozirgi narxi 15 mln evroni tashkil etadi.



