“Chelsi” navbatdagi transferni e'lon qildi

Eldor Akmurzayev
27 avg 2020
“Nicca” himoyachisi Malang Sarr “aristokratlar” bilan besh yillik shartnoma imzoladi.

21 yoshli futbolchi 2020/21 yilgi mavsumni ijarada o'tkazadi.

Sarr “Nicca” safida 2016 yil debyut qilgan bo'lib, 4 mavsum davomida klub libosida 102 o'yinda qatnashdi. Uning hisobida uchta gol bor.

Malang Fransiyaning turli yosh toifalaridagi termalarda o'ynagan, ammo milliy jamoadan hozircha chaqiruv olmagan.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/ChelseaFC