"Chelsi" hujumchisi rekord summaga sotiladi

Mirjalol Normatov
30 avg 2024, 21:10
"Chelsi" braziliyalik hujumchisini "Strasbur"ga sotadi.

Forvard Deyvid Vashington Fransiyaning "Strasbur"ga o'tadi. "L’Equipe" xabariga ko'ra, tomonlar kelishuvga erishish arafasida.

Transfer summasi 21 mln evroni tashkil qiladi. Bu "Strasbur" tarixidagi eng qimmat transferga aylanadi. Bungacha bo'lgan eng yuqori summa 2023 yil yozida qayd etilgan va o'shanda Fransiya klubi Abakar Sillani "Bryugge"dan 20 mln evroga sotib olgandi.

"Chelsi" Vashintonni 2023 yil yozida 16+4 mln evro evaziga "Santos"dan sotib olingandi. "Ko'klar" tarkibida 19 yoshli forvard barcha turnirlarda 3 o'yinda qatnashdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: L’Equipe