"Chelsi" 48,5 mln funtlik transferni e'lon qildi

Alisher Ostonov
5 iyul 2025
"Chelsi" Jeymi Gittens transferini tasdiqladi.

20 yoshli vinger bilan 2032 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzolandi.

Qayd etilishicha, "Borussiya Dortmund" futbolchi uchun 48,5 million funt va bonuslar oladi.

Jeymi Gittens o'tgan mavsum Bundesliganing 32 o'yinida 8 gol va 3 golli uzatmaga mualliflik qilib, maydonda o'rtacha 55 daqiqa harakat qilgan.



Alisher OstonovMuallif
Manba: chelseafc.com