"CAFA Nation’s Cup". Finalni Kirill Levnikov boshqarib boradi

Omonjon To`xtamirzayev
19 iyun 2023
O'zbekiston va Eron terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuvni rossiyalik hakamlar brigadasi boshqarib boradi.

20 iyun sanasida bo'lib o'tadigan O'zbekiston va Eron terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuvda ishlaydigan hakamlar nomi ma'lum bo'ldi. 

Finalda bosh hakam vazifasi rossiyalik Kirill Levnikovga ishonib topshirildi. Unga qanotlarda hamyurtlari Andrey Vereteshkin va Egor Bolhovitin yordam beradi.



Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia