“Bunyodkor” Isfahonda!

Narzulla Saydullayev
3 apr 2016
2 aprel kuni erta tongda Eron tomon yo'lga chiqqan Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi mahalliy vaqt bilan 22:30da Isfahon shahriga yetib keldi.

“Bunyodkor” FK delegaciyasi Isfahondagi “Kowsar” mehmonxonasiga joylashishdi. Birozgina shamolni inobatga olmaganda shahardagi ob-havo harorati deyarli Toshkentdagi bilan bir xilda.

Bugun, 3 aprel sanasida “Bunyodkor” Eronning eng qadimiy shahri hisoblangan Isfahondagi birinchi mashg'ulotini o'tkazadi. Sergey Lushchan boshchiligida olib boriladigan tayyorgarlik jarayoni mahalliy vaqt bilan 19:00ga mo'ljallangan.

Eslatib o'tamiz, Osiyo Chempionlar ligasi-2016 guruh bosqichi 4-turi doirasidagi “Zob-Ahan” – “Bunyodkor” uchrashuvi 5 aprel kuni mahalliy vaqt bilan soat 20:00 (Toshkentda 20:30 bo'ladi)da boshlanadi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcbunyodkor.com