Beyl: "Messiga MLS albatta manzur keladi"

Sherzod Nurmatov
22 iyun 2023
Garet Beyl Lionel Messini MLS'da nimalar kutayotgani haqida aytib berdi.

"MLS'da hammasi ancha sokin. "Real"da mag'lub bo'lsang, dunyo oxirlab qolgandek tuyuladi. Sizni er bilan bitta qilishadi. O'zingizni bosim ostida his etasiz. Uyga norozi ahvolda qaytasiz.

AQSHda mag'lubiyatni yaxshi qabul qilishadi. Oqibatlari sezilmaydi. Bitta o'yinda mag'lub bo'ldingizmi, keyingi o'yin sari intilaverasiz.

U yerda mag'lubiyatlar ancha yaxshi qabul qilinadi. Ular mag'lubiyatni to'g'ri qabul qilishni bilishadi, lekin har bir g'alabani xuddi chempionlikni qo'lga kiritgandek nishonlashadi. Messiga u yerda hammasi albatta manzur keladi", – dedi Garet Beyl.

Eslatib o'tamiz, Lionel Messi endilikda faoliyatini AQSH janubidagi "Inter Mayami" klubida davom ettiradi. Garet Beyl faoliyatidagi oxirgi jamoa "Los-Anjeles" bo'lgandi. U bu jamoaga MLS chempioniga aylanishda ko'maklashgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: BT Sport