Bernardu Silva PSJga o'tmaydi

Omonjon To`xtamirzayev
2 avg 2023, 16:41
"Manchester Siti"ning hujumkor yarim himoyachisi Bernardu Silva "Pari Sen-Jermen" safiga o'tmaydi.

Francuz nashrining xabariga ko'ra, "shaharliklar" futbolchini sotmoqchi emas. Futbolchi ismi Parij transferlar ro'yxatining yuqorisida turganiga qaramay, uni Angliyadan olib kelish deyarli imkonsiz. PSJ aynan Bernardu transferi orqali jamoadan ketgan Lionel Messining o'rnini yopmoqchi edi.

Xavbekning ingliz klubi bilan shartnomasi 2025 yil iyun oyigacha amal qiladi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: leparisien.fr