"Barselona"ning golidan oldin offsayd bormidi? Sobiq hakam bunga javob berdi

Mirjalol Normatov
8 mar 2020, 11:29
Primeroning sobiq hakami Barrenechea Montero LaLiga doirasidagi "Barselona" - "Real Sosedad" uchrashuvida bosh hakam Xuan Martines Munueraning qaroriga fikr bildirdi.

Munuera VAR tizimidan keyin basklar futbolchisi  Roben Le Norman to'pni qo'li bilan o'ynadi deb topdi va penalti belgiladi. Ushbu epizodga qadar "ko'k-anorranglilar" xavbeki Arturo Vidal offsayd holatiga tushib qolgandi.

"O'yin davomida juda ko'plab follar qayd etildi. Hakamlar juda yaxshi ishlashdi.

Penalti bo'lgan holatda videoassistent bosh hakamga "Sosedad" futbolchisi o'z jarima maydonchasida to'pni qo'li bilan o'ynaganini ma'lum qildi. Arbitr esa to'g'ri qaror chiqardi.

Ayrim muxlislar ushbu pallaga qadar Vidal offsayd holatida ekanligini aytishdi. Ammo Arturo o'sha epizodda hech qanday ishtiroki yo'q edi va offsayd qayd etib bo'lmasdi", - dedi Montero.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Mundo Deportivo